Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda obodonlashtirish boshqarmasi mutasaddilari 1 mlrd so‘mdan oshiq pulni talon-toroj qilgani aniqlandi

Sirdaryoda obodonlashtirish boshqarmasi mutasaddilari 1 mlrd so‘mdan oshiq pulni talon-toroj qilgani aniqlandi

Foto: Xabar.uz

Sirdaryo viloyatida 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazildi.

Unda Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari fuqarolarni ishchi sifatida rasmiylashtirib, amalda ishlamagan ushbu fuqarolarga 1 mlrd so‘m ish haqi hisoblab, ushbu pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring