Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Salkam 14 kg «opiy»ni sotishga uringan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Salkam 14 kg «opiy»ni sotishga uringan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Foto: Xavfsizlik

Qarib 14 kg «opiy» ga olib boruvchi yo‘l fosh etildi. 

​Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

​Unda, oldindan tezkor kuzatuvga olingan Toshkent shahrida yashovchi, 1985-y.t., muqaddam sudlangan shaxsning Sirdaryo tumanidagi vaqtinchalik yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. U yerda 1983-y.t. Tojikiston Respublikasi fuqarosi va Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 1962-y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan yana bir fuqaro borligi ma’lum bo‘ldi.

​Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, mazkur 3 nafar shaxs muqaddam qo‘shni Tojikiston Respublikasidagi narkokurerlar tomonidan Jizzax viloyatining Yangiobod tumani hududidagi xufiya joyga yashirilgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish va tarqatish orqali katta miqdordagi moddiy boylik orttirish bo‘yicha o‘zaro jinoiy til biriktirganliklari aniqlandi.

​Natijada, tezkor tadbir davom ettirilib, xufiyona joydan umumiy og‘irligi 13 kg 653 gr «opiy» moddasi olinib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olindi.

​Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring