Jizzaxda soliq inspeksiyasi bosh inspektori ushlandi
Tadbirkorni aldab pulini olgan soliqchi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
UndaJizzax shahar soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori X.Sh. YaTT «T.M.»ning 1,4 mln so‘mlik soliq qarzdorligini go‘yoki 17 mln so‘m qarzdorlik deb ko‘rsatib, agar ushbu qarzdorlikni to‘lamasa tegishli idoralarga ma’lum qilishini aytib, 9 mln so‘m bersa ushbu qarzdorlikni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlar orqali yo‘q qilib berishini va’da qilgan.
U shundan 2 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, qolgan 7 mln so‘mni Jizzax shahar soliq inspeksiyasi binosi oldida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter