Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yetti oyda 29 mingdan ortiq nikoh bekor qilindi

O‘zbekistonda yetti oyda 29 mingdan ortiq nikoh bekor qilindi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki yetti oyida 29 ming 353 ta nikohdan ajralish holati qayd etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 ming 470 ta yoki 5 foizga ko‘p.

Bu haqda Senat yalpi majlisida Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova ma’lum qildi.

Uning aytishicha, ayni paytda mamlakatda 10 million 505 mingdan ortiq oila mavjud. Joriy yilning yetti oyida 115 ming 879 ta yangi nikoh qayd etilgan.

Shu bilan birga, ajrimlar o‘sish sur’ati yil boshiga nisbatan pasaygan. Xususan, yanvarda bu ko‘rsatkich 11 foizni tashkil etgan bo‘lsa, iyul oyiga kelib 5 foizga tushgan.

Jizzax, Samarqand va Surxondaryoda ajrimlar soni oshgan, Namangan va Andijonda esa kamayish kuzatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring