Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Askarlarni uy qurishga jalb etgan komandir hibsga olindi

Askarlarni uy qurishga jalb etgan komandir hibsga olindi

Foto: DMXQ

Qirg‘izistonda o‘z uyining qurilishiga askarlarni jalb qilgan Milliy gvardiya komandiri hibsga olindi. Bu haqda 24.kg xabar berdi. 

Harbiy amaldor o‘z qo‘l ostidagi harbiylarni muntazam ravishda shaxsiy uyi qurilishiga jalb qilganlikda gumonlanmoqda.

Ular orasida sutkalik navbatchilikda bo‘lgan askarlar ham bor.

Hozirda komandirga nisbatan lavozim vakolatini suiiste’mol qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonlari olib borilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring