Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda ekinlarni sug‘orish uchun 550 mlrd so‘m ajratiladi

Qashqadaryoda ekinlarni sug‘orish uchun 550 mlrd so‘m ajratiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyatida ekin maydonlariga suv yetkazishni yaxshilash maqsadida kelgusi yil 265 kilometr kanal betonlashtiriladi va 20 ta nasos yangilanadi. Bu ishlarga 550 mlrd so‘m ajratiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatda ekin maydonlariga suv yetkazish murakkab va qimmatga tushayotganiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, 2027-yilda fermerlar bilan birgalikda 75 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilishi belgilandi.

Kosmik ma’lumotlar asosida viloyatda foydalanishga kiritish mumkin bo‘lgan yana 30 ming gektar yer aniqlangan. Uning eng katta qismi Muborak, Koson va Ko‘kdala tumanlariga to‘g‘ri keladi.

Nishon, Qamashi, Qarshi, Mirishkor, G‘uzor, Yakkabog‘, Kitob, Chiroqchi va Shahrisabz tumanlarida ham qo‘shimcha maydonlar o‘zlashtiriladi. Bu ishlarga Misrdan 10 nafar doimiy maslahatchi jalb etiladi.

Joriy yilda Koson, Nishon, Qamashi va Mirishkor tumanlarining har birida sig‘imi 50 ming kub metr bo‘lgan bittadan kichik suv havzasi qurildi.

Tajribani kengaytirish doirasida 1 iyungacha Koson, Nishon, Mirishkor, Qamashi va Yakkabog‘ tumanlarining har birida yana ikkitadan shunday suv havzasi barpo etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring