Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yuz bergan yo‘l o‘pirilishi sabablari o‘rganilyapti – Veolia Energy Tashkent

Toshkentda yuz bergan yo‘l o‘pirilishi sabablari o‘rganilyapti – Veolia Energy Tashkent

Toshkentning Yakkasaroy tumani Glinka ko‘chasida yuz bergan o‘pirilish bo‘yicha poytax issiqlik ta’minotiga mas’ul Veolia Energy Tashkent kompaniyasi rasmiy ma’lumot berdi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa joyiga avariya-tiklash brigadasi va mutaxassislar zudlik bilan yetib borgan.

Ayni paytda o‘pirilishning sabablari va hodisaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Veolia Energy Tashkent hozircha hech qanday issiq suv sizib chiqish holati qayd etilmaganini bildirdi.

Hodisa sabablari va ko‘rilayotgan choralar haqida qo‘shimcha ma’lumot tezkor tekshiruv yakunlaridan so‘ng taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi holat aks etgan video va fotosuratlarning tarqalishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar hodisaga yuqori bosimli suv quvurining portlagani sabab bo‘lgani haqida taxminlarni bildirayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring