Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro yarim marafon kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

Xalqaro yarim marafon kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

Foto: Xabar.uz

6-sentyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan «Toshkent xalqaro yarim marafoni» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi.

Shu sababli soat 05:00 dan 14:00 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadigan ko‘chalar:

Islom Karimov ko‘chasi — Furqat ko‘chasidan Sharof Rashidov shohko‘chasigacha;

Sharof Rashidov shohko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;

Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;

Oybek ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;

Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha;

Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Nukus ko‘chasidan Hamidulla Oripov ko‘chasigacha;

Hamidulla Oripov ko‘chasi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Mustaqillik shohko‘chasigacha;

Mustaqillik shohko‘chasi — Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;

Amir Temur xiyoboni atrofidagi yo‘llar — Buxoro va Shahrisabz ko‘chalarigacha;

Alisher Navoiy ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha;

Botir Zokirov ko‘chasi — Alisher Navoiy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;

O‘qchi ko‘chasining Botir Zokirov ko‘chasiga tutash qismi.

Ishtirokchilar va tomoshabinlar soni ko‘paygan taqdirda, zaruratga ko‘ra, tutash ayrim yo‘llarda ham cheklovlar kiritilishi mumkin, deyiladi xabarda.

Haydovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish, muqobil yo‘nalishlardan foydalanish hamda yo‘l belgilari va mas’ul xodimlarning ko‘rsatmalariga amal qilish tavsiya etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring