Surxondaryoda voyaga yetmagan «Damas» haydovchisi «Nexia» bilan poygalashib, halokatga uchradi
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida «Damas» va «Nexia» avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi vafot etdi. Hodisa 28 may kuni soat 23:50 larda tumanning Chaqar mahallasi hududidan o‘tuvchi D-169 avtomobil yo‘lining 132-kilometrida yuz bergan.
17 yoshli yigit haydovchilik huquqiga ega bo‘lmasdan to‘rt nafar tengquri bilan Damas rusumli transport vositasini boshqargan. O‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan 20 yoshli, haydovchilik guvohnomasisiz «Nexia» avtomashinasini boshqargan tanishi bilan kim o‘zarga o‘ynab, halokatga uchragan.
Oqibatda «Damas» avtomashinasining voyaga yetmagan haydovchisi va «Nexia» avtomobilining yo‘lovchisi vafot etgan. Qolganlar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter