Namanganda katerlar to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi daryoda ikki kater to‘qnashdi.
Hodisa 23 avgust kuni soat 19:55 da To‘raqo‘rg‘on tumani Gulqishloq MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Sirdaryo» daryosida sodir bo‘lgan.
Oqibatda voqea joyida bir nafar va yana bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan mas’ul idoralar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter