Yil boshidan buyon O‘zbekistonga kirib kelayotgan 1,6 tonna narkotik moddalar to‘xtatib qolingan
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida chegara-bojxona postlari orqali 1,5 millionga yaqin yuk avtotransport vositalari (25 foiz o‘sish), 670 mingdan ziyod yukli vagonlar (14 foiz o‘sish), 50,5 mln nafar yo‘lovchilar harakatlandi.
Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi H.Tangriyev ma’lum qildi.
Hisobot davrida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida, 34,6 ming holatda salkam 1 trln so‘mlik tovarlar shu jumladan, 73,3 mlrd so‘m ekvivalentidagi valyuta qimmatliklari, 114,1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.
Shuningdek, mamlakat aholisining sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 1 tonna 610 kg giyohvandlik vositalari hamda 1 tonna 55 kilodan ziyod psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar, 137 ta o‘qotar va sovuq qurollar, 566 ta patronlar, 44,5 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlari ushlab qolindi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter