Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 60 yoshli fuqaro qariyb 1 kilo «opiy» bilan qo‘lga tushdi

Samarqandda 60 yoshli fuqaro qariyb 1 kilo «opiy» bilan qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona hamda ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvandlik vositasining savdosiga chek qo‘yildi.

Xususan, oldindan kuzatuvga olingan – Urgut tumanida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs 993 gr «opiy» moddasini shartli xaridorga 15 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, ushbu narkotik modda Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining ushbu moddalarining mazkur qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring