Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dizel yoqilg‘isi bo‘yicha fermerlarga subsidiya beriladi

Dizel yoqilg‘isi bo‘yicha fermerlarga subsidiya beriladi

Foto: Xabar.uz

Prezidentning tegishli farmoni bilan qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator mexanizmlar joriy etildi.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan 1-iyulgacha birja orqali dizel yoqilg‘isi xarid qilgan qishloq xo‘jaligi korxonalariga respublika budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi.

Unga ko‘ra, har bir tonna dizel yoqilg‘isi qiymatining 13 million so‘mdan oshgan qismi uchun, biroq 2 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiya beriladi. Mablag‘lar Agrar sohada to‘lovlar agentligi orqali ajratiladi.

Farmon bilan 2026-yil 1-sentyabrdan Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining ayrim subsidiya ajratish vakolatlari Agrar sohada to‘lovlar agentligiga o‘tkaziladi.

Jumladan, qishloq xo‘jaligi sub’yektlariga o‘z mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari hisobidan yetishtirilgan paxta xomashyosini birjada sotishda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi joriy qilinadi.

Shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalariga o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qilingan paxta xomashyosi qiymatining bir qismi kompensatsiya qilib beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring