Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilmsizlik fojiasi: Internetdagi yolg‘ondan Suriya lagerlarigacha bo‘lgan achchiq qismat

Ilmsizlik fojiasi: Internetdagi yolg‘ondan Suriya lagerlarigacha bo‘lgan achchiq qismat

Namangan viloyati Uychi tumanida 1972 yil 6 sentyabrda tug‘ilgan Oxunov Nodirali Tohirovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi uchinchi qismi bilan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Uning aytishicha, Rossiyada ishlab yurgan vaqtlarida internet tarmoqlarida turli diniy ma’ruzalarni eshitib, radikal g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan. Xususan, “Abdulla Buxoriy” taxallusi bilan tanilgan shaxsning Turkiyadagi madrasasi bilan bog‘liq ma’ruzalarini muntazam kuzatib borgan.

Shundan so‘ng u Turkiyaga yo‘l olgan va keyinchalik Suriyaning Idlib shahrida joylashgan, o‘zbeklar jamoati sifatida tilga olinadigan guruhga qo‘shilgan. Uning ta’kidlashicha, u yerda dastlab bir hafta bo‘lgan, so‘ng boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik lageriga yuborilgan.

“U yerda hech kimni ayashmaydi. Borganingizdan keyin telefonlaringizni olib qo‘yishadi. Avval madrasada saqlashadi, keyin harbiy lagerga jo‘natishadi. Shahardan chiqishga ham ruxsat berilmaydi. Chegaradan o‘tayotganda qancha odam halok bo‘lganini ko‘rdik. Qancha o‘zbek yoshlari, ayollar yo‘lda qolib ketdi. Har kuni osmonga qarab yashaysiz, ustingizdan bomba yog‘ilishidan hadiksirab...”,deydi u.

Oxunov Nodirali o‘z qilmishidan pushaymon ekanini bildirib, yoshlarni bunday yo‘ldan yurmaslikka chaqirdi.

“Ilmsizlik oqibatida ishonib borgan ekanmiz. Adashgan yo‘lning oqibati — mana shu yer. Juda ko‘p narsadan mahrum bo‘ldim. Yoshlarimiz shoshilib ketishmasin, bunday joylarga bormasin. Ogoh bo‘linglar”, — deydi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring