Sud qo‘qonlik tabibni 10 sutkaga qamadi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 2025-yil 17-dekabrdagi qarori bilan xalq tabobati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro I. Saliyev (1971-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 59-5-moddasi (xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.
Sudning qaroriga ko‘ra I. Saliyevga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.
O‘z navbatida, tomonlarga birinchi instansiya sudining qarori ustidan qonunda belgilangan tartib va muddatda Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyasiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqli ekani tushuntirilgan.
Ma’lumot uchun, Iqbol Saliyev 2025-yil 10-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining qaroriga muvofiq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 59-5-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga BHMning 20 baravari miqdorida ma’muriy jarima solingan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter