Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Global beqarorlik sharoitida ham O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,7 foizga o‘sdi

Global beqarorlik sharoitida ham O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,7 foizga o‘sdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida o‘tayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining 59 yillik yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

So‘nggi yillarda iqtisodiyotimizga 150 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilib, minglab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Birgina energetika sohasida 35 milliard dollarlik investitsiya loyihalari hisobiga elektr ishlab chiqarishni 1,5 barobar oshirib, 87 milliard kilovatt-soatga yetkazdik.

Bu davrda tovar va xizmatlar eksporti 3 karra o‘sdi, iqtisodiyotimiz hajmi esa 50 milliarddan 147 milliard dollarga yetdi.

Global beqarorlik sharoitida ham O‘zbekiston iqtisodiyoti birinchi chorak yakuni bo‘yicha 8,7 foizli o‘sishga erishdi. 

«Eng muhimi, islohotlarimizda har bir oila, har bir insonning kundalik hayotini yaxshilashga asosiy e’tiborni qaratdik. Biz o‘tgan davrda 8,5 million ehtiyojmand aholi daromadini oshirib, kambag‘allik darajasini qariyb 35 foizdan bugungi kunda 5,8 foizga tushirishga erishdik. 

O‘zbekiston oxirgi o‘n yilda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta ijobiy o‘zgarish qilgan beshta davlatdan biri bo‘ldi. 

Biz 2030-yilga qadar O‘zbekistonda barcha sohalarni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish orqali iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirish niyatidamiz. 

Natijada daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirishni hamda kambag‘allikka to‘liq barham berishni maqsad qilganmiz. Yaqin kunlarda 13 ta strategik yirik korxona aktivlarini o‘z ichiga olgan «Milliy investitsiya jamg‘armasi»ning 30 foiz ulushini xalqaro fond bozoriga chiqaramiz. 

Aminmanki, bunday muhim qadam hamkorlarimizning yurtimiz investitsiya muhitiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi», – dedi davlatimiz rahbari. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring