Ijara bozorida eng katta ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi
2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda ijara xizmatlari hajmi 3,8 trln so‘mni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,3 foizga oshgan.
Hisobot davrida eng katta ulush Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi. Poytaxtda ijara xizmatlari hajmi 1,6 trln so‘mni tashkil qildi. Bu respublika bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichning salmoqli qismini tashkil etadi.
Hududlar kesimida keyingi yuqori natijalar Toshkent viloyati va Samarqand viloyatida qayd etildi. Toshkent viloyatida 386,8 mlrd so‘mlik, Samarqand viloyatida esa 345,1 mlrd so‘mlik ijara xizmatlari ko‘rsatilgan.
Farg‘ona viloyatida ijara xizmatlari hajmi 234,4 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 204,9 mlrd so‘mga yetdi. Qashqadaryo viloyatida 188,2 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida esa 183,5 mlrd so‘mlik xizmatlar qayd etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 154,9 mlrd so‘mlik, Surxondaryo viloyatida 142,3 mlrd so‘mlik ijara xizmatlari ko‘rsatilgan. Namangan viloyatida bu raqam 121,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, Xorazm viloyatida 88,9 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida 72,8 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 66,5 mlrd so‘m va Sirdaryo viloyatida 64,7 mlrd so‘mlik ijara xizmatlari amalga oshirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter