O‘zbekiston turizmi tarixiy rekordlarni yangilamoqda

Mamlakat tarixida birinchi marta xorijiy sayyohlar soni rekord ko‘rsatkichlarni namoyish etmoqda — 2025 yil aprel oyidan boshlab O‘zbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistlarni qabul qilmoqda. Shu tariqa, joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga ko‘pdir.
Ushbu ko‘rsatkich davlatlar kesimida – 2025 yilda post-pandemik 2022 yilga nisbatan turistlar oqimining o‘sishi Britaniyadan 2,6 baravar, Qatardan 6,2 baravar, AQShdan 3 baravar, Fransiyadan 2,9 baravar, Rossiyadan 2,1 baravar, Vengriyadan 3,3 baravar, Germaniyadan 2,5 baravar, Polshadan 6,2 baravarga yetdi. Shuningdek, 2025 yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajaga — 3,6 milliard AQSh dollaridan oshdi.
Mahalliy turizm sohasidagi mislsiz yutuqlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida chuqur islohotlar va mamlakatning turistik salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan maqsadli sa’y-harakatlar natijasidir. Yetakchi jahon media platformalari bilan faol hamkorlik, xorijda keng ko‘lamli road-shoular, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish va chet el ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar O‘zbekiston brendini global miqyosda sezilarli darajada mustahkamladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter