Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yil boshidan buyon taksi xizmatlari aylanmasi 7,2 trln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon taksi xizmatlari aylanmasi 7,2 trln so‘mdan oshdi

Foto: Xabar.uz

2026 yil yanvar–avgust oylarida 242 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilindi. Shu davrda agregatorlar orqali 329 mln marta yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatilgan.

Yo‘lovchi tashish aylanmasi 7,2 trln so‘mdan oshgan. Shundan 4,5 trln so‘mi (63,1 foiz) naqd to‘lovlar, 2,6 trln so‘mi (36,9 foiz) esa naqdsiz to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bitta buyurtma bo‘yicha o‘rtacha chek 21 785,5 so‘mni tashkil etgan.

Agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish xizmatlarini 481,1 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi ko‘rsatmoqda. Ular orasida 4107 nafar ayol ham bor.

Yanvar–avgust oylarida taksi xizmatini ko‘rsatgan 7,9 mingdan ziyod haydovchi 100 mln so‘mdan ko‘p daromad olgan. 31,5 ming nafar haydovchi 50–100 mln so‘m, 124,4 ming nafari 10–50 mln so‘m, 59,9 ming nafari 5–10 mln so‘m, 123,6 ming nafari 1–5 mln so‘m va 133,7 ming nafari 1 mln so‘mgacha daromad olgan.

Taksi xizmatlarida eng ko‘p foydalanilayotgan avtomobillar orasida Cobalt 27 foiz bilan birinchi o‘rinda. Keyingi o‘rinlarda Nexia — 19,3 foiz va Lacetti — 16,1 foiz. Elektromobillarning ulushi esa 2,5 foizni tashkil etgan.

Taksi sifatida foydalanilayotgan avtomobillarning 16,3 foizi 1–3 yillik, 37,1 foizi 3–5 yillik, 17,3 foizi 5–10 yillik. Avtomobillarning 29,2 foizi 10 yildan ortiq vaqt avval ishlab chiqarilgan.

Taksi agregatorlari tomonidan 2026 yil yanvar–avgust oylarida jami 149,2 mlrd so‘m soliq to‘langan. Shundan 46,8 mlrd so‘mi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring