Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Shovot-Toshhovuz» savdo zonasiga vizasiz kirish va chiqish imkoni yaratiladi

«Shovot-Toshhovuz» savdo zonasiga vizasiz kirish va chiqish imkoni yaratiladi

O‘zbekiston va Turkmaniston fuqarolari «Shovot-Toshhovuz» chegaraoldi savdo zonasiga vizasiz kirish va chiqish huquqiga ega bo‘ladi.

Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Turkmanistonning savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Nazardurdi Agahanov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Tomonlar uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida o‘zaro savdo hajmini oshirish, milliy mahsulotlarni ilgari surish hamda ikki davlat tadbirkorligining rivojlanishi uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladigan ushbu qo‘shma savdo markazining huquqiy asoslarini kelishib oldilar.

Qayd etilishicha, chegaraoldi savdo zonasining umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etadi: 3 gektar - O‘zbekiston qismi, 3 gektar - Turkmaniston qismi. Zarurat tug‘ilganda hudud alohida xalqaro kelishuv orqali kengaytirilishi ham mumkin.

Shu bilan birga har ikki davlat fuqarolariga chegaraoldi savdo zonasiga vizasiz kirish-chiqish huquqi beriladi.

«O‘zbek - Turkman chegaraoldi savdo zonasining ochilishi O‘zbekiston va Turkmaniston tadbirkorlariga o‘z mahsulotlari bilan erkin savdo qilish, umumiy infratuzilma va soddalashtirilgan tartiblardan foydalanish imkonini beradi. Bu esa transchegaraviy savdoni rivojlantirish va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi», – deyiladi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriligi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring