AQSh deportatsiya qilgan 18 fuqaro Toshkentga olib kelindi
AQSh migratsiya qonunchiligi talablarini buzgani uchun deportatsiya qilingan 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi bugun maxsus charter reys orqali Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelindi. Bu haqda «Dunyo» agentligi xabar berdi.
Hamyurtlarimizning vatanga qaytarilishi O‘zbekiston va AQShning vakolatli idoralari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik va muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlar natijasida amalga oshirildi.
Jarayon doirasida fuqarolarning shaxsini aniqlash, zarur safar hujjatlarini rasmiylashtirish, tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etish hamda ularning xavfsiz qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rildi.
O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan migratsiya sohasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirib, noqonuniy migratsiyaning oldini olish, fuqarolarning xorijdagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, zarurat tug‘ilganda ularning xavfsiz vatanga qaytarilishini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlarni davom ettirmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter