AQSh va Eron kelishuvida Livan masalasi aniq ko‘rsatilgan – Pokistonning AQShdagi elchisi
Pokistonning AQShdagi elchisi Rizvon Said Shayx Livan AQSh, Eron va boshqa tomonlar o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga kiritilganini ma’lum qildi.
U CNN telekanaliga bergan intervyusida kelishuv doirasida Livan masalasi aniq ko‘rsatilganini ta’kidladi.
«Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, Livan sulh kelishuvi doirasiga kiritilgan. Bu masala bo‘yicha hech qanday noaniqlik yo‘q», – dedi u.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, Pokiston muzokaralar jarayonida barcha frontlarda, jumladan Livanda ham harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish zarurligini ta’kidlagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter