Boshqaruv samaradorligi agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
Prezident Administratsiyasi rahbarining tegishli farmoyishiga asosan, Qurbonov Mirshod Rustamovich Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
M.Qurbonov bunga qadar Savdo-sanoat palatasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Salixov Akmal Anvarovich Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Prezident Administratsiyasining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter