Raqobat qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi
Prezidentning 2025-yil 18-noyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, Davlatov Ulug‘bek Bahodirovich Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Davlatov Ulug‘bek Bahodirovich 1987-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodchi.
U 2011-yildan hozirgi vaqtga qadar Raqobat qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarda, jumladan, bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i hamda departament direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Manba: t.me


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter