Yangi Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi.
Viloyat rahbari keyingi yillarda Yangi Namangan tumanida olib borilgan ishlar, erishilgan yutuqlar barobarida, ishga solinmagan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, odamlarning bugunidan rozi bo‘lib yashashlariga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
Sessiyada deputatlar Namangan viloyati hokimining Abdullayev Jobir Sharifovichni Yangi Namangan tumani hokimi vazifasidan ozod qilish va tuman kengashining deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qilish haqidagi qarorlarini tasdiqladilar.
Shuningdek, Karabayev Adham Jakbaraliyevichni Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qaror bir ovozdan ma’qullandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter