Barcha narx toifalarida eng yaxshi Android-smartfonlar aniqlandi
Honor WIN.
AnTuTu benchmarki mutaxassislari tomonidan narx/sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2025-yilning eng yaxshi Android-smartfonlarini aniqlandi.
999 yuangacha (145 dollar atrofida) — yetakchi uchlikka Vivo Y200 GT, OPPO K12s 5G va iQOO Z10x kiritildi.
1 999 yuangacha (285 dollar atrofida) — ushbu toifa yetakchisi — Realme Neo7 Turbo, keyingi o‘rinlarda — iQOO Z10 Turbo+ va Redmi Turbo 4.
2 999 yuangacha (430 dollar atrofida) — Redmi K80 Extreme Edition, iQOO Neo10 Pro+ va Realme GT 7 Pro Racing Edition subflagmanlari.
3 999 yuangacha (570 dollar atrofida) — Honor WIN, Realme GT 8 Pro hamda Redmi K90 Pro Max.
4 000 yuandan yuqori — birinchi o‘rinda — iQOO 15, Honor Magic 8 va RedMagic 11 Pro — top-uchlikda.
AnTuTu ekspertlariga ko‘ra, smartfonning narxi 4 000 yuandan oshganda narx va sifat nisbati unchalik muhim emas. Bu toifada foydalanuvchining shaxsiy talablari — ekran o‘lchami, tasvir sifati, tizimning kuchi va boshqa o‘lchamlar birinchi o‘ringa chiqadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter