Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston yana 3 ta qo‘shnisi bilan ID-karta orqali «bordi-keldi»ni yo‘lga qo‘ymoqchi

O‘zbekiston yana 3 ta qo‘shnisi bilan ID-karta orqali «bordi-keldi»ni yo‘lga qo‘ymoqchi

2028-yilgacha Markaziy Osiyodagi kamida 3 ta davlat bilan ID-kartalar orqali fuqarolarning chegaralardan erkin o‘tishi mumkin bo‘lgan kelishuvlarga erishish rejalashtirilyapti.

Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan yangilangan O‘zbekiston-2030 strategiyasi loyihasida so‘z boradi

Strategiya loyihasida Tashqi ishlar vazirligiga Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, unda, jumladan, joriy va 2027-yillarda kamida 3 ta davlat bilan ID-kartalar asosida fuqarolarning chegaralarni erkin o‘tishi mumkin bo‘lgan kelishuvlarga erishish nazarda tutiladi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini hozirgi kundagi 11 milliard dollardan 15 milliard dollariga yetkazish ham reja qilinyapti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2023-yil sentyabrda Qirg‘iziston bilan bojxona chegara postida xorijga chiqish pasportisiz faqatgina ID-kartalar orqali kesib o‘tish va u yerda 30 kungacha vizasiz bo‘lish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring