Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqqa dam olish kunlari qo‘shimcha avtobuslar qo‘yiladi

Bo‘stonliqqa dam olish kunlari qo‘shimcha avtobuslar qo‘yiladi

Dam olish va bayram kunlari Bo‘stonliq tumanidagi turizm maskanlariga qo‘shimcha transport qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi ma’lum qildi.

«Chinorkent temir yo‘l bekati – Beldersoy» yo‘nalishi bo‘yicha 324M va 325M raqamli mikroavtobuslar Amirsoy va Chimyon orqali harakatlanadi. Oddiy kunlarda ushbu yo‘nalishlarda 20 ta mikroavtobus soat 6:00 dan 18:30 gacha har 15 daqiqada qatnaydi. Kuniga jami 86 ta qatnov amalga oshiriladi.

Bayram va qo‘shimcha dam olish kunlarida harakat soat 5:30 dan boshlanadi. Mikroavtobuslar har 10 daqiqada qatnaydi. 324M yo‘nalishida qatnovlar 22:06 gacha, 325Mda esa 22:00 gacha davom etadi.

Qo‘shimcha dam olish kunlarida 324M yo‘nalishida mikroavtobuslar soni 15 tagacha, 325M yo‘nalishida esa 16 tagacha oshiriladi. Shu hisobdan kunlik qatnovlar soni 158 taga yetkaziladi.

Shu bilan birga, Toshkent–Bo‘stonliq yo‘nalishida 1226-raqamli «Mashinasozlar metro bekati – Xumson qo‘rg‘oni (Chorvoq)» avtobus yo‘nalishida muntazam 3 ta avtobus ishlaydi.

Dam olish va bayram kunlarida yo‘lovchilar oqimiga qarab mazkur yo‘nalishga yana 1 ta avtobus zaxiradan chiqariladi. 324M va 325M mikroavtobus yo‘nalishlari Chinorkent temir yo‘l bekatidan Beldersoygacha Amirsoy va Chimyon orqali harakat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring