Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududida kam bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda shamol esadi. Shimoliy va cho‘l hududlarida ayrim joylarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati 28-33 daraja bo‘ladi.

Toshkent shahrida kam bulutli, ba’zi vaqtlarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy yo‘nalishda 3–8 m/s tezlikda shamol esadi. Havo harorati 30-32 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida o‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘lib, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi ehtimoli bor. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishda 9–14 m/s tezlikda shamol esadi. Havo harorati 20-25 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring