Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi

Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi

Foto: DXX

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda simobfurushlar fosh qilindi.

Buxoro shahrida yashovchi shaxs (1998-y.t.) va Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro (1984-y.t.) o‘zaro til biriktirib, mamlakatimizda erkin sotilishi taqiqlangan, 3 dona flakondagi jami 343 gr simob moddasini 35 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 185-1-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ogohlantirilishicha, simob va uni o‘z ichiga olgan birikmalarni erkin sotish, sotib olish, saqlash yoki undan maishiy sharoitda foydalanishga ruxsat berilmaydi. Shuningdek, u kuchli zaharlilik darajasiga ega bo‘lib, mamlakatimiz hududida erkin aylanishi taqiqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring