Buxoroda bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazi sabab vafot etdi
Buxoro shahrida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, holat 23-noyabr, yakshanba kuni Buxoro shahrining Hamza ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda sodir bo‘lgan. Is gazidan – 43 yoshli erkak, 40 yoshli ayol hamda ularning ikki nafar voyaga yetmagan – 16 va 2 yoshli qiz farzandlari vafot etgan.
Sudga oid tibbiy ekspert mutaxassislarining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumlar noma’lum etiologiyadan zaharlanishi oqibatida o‘tkir nafas va yurak-qon tomir faoliyatining yetishmovchiligidan vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter