Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish kunlari beqaror ob-havo kutiladi

Dam olish kunlari beqaror ob-havo kutiladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston bo‘yicha may oyining birinchi kunlarida bahoriy ob-havo sharoiti bilan kutilmoqda

Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Buxoro viloyatida va Navoiy viloyati janubida asosiy yomg‘irlar bugun yog‘adi, 2-3 may kunlari esa faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 

1-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

Bugun kunduzi havo harorati asosan 27-30 daraja, dam olish kunlari esa 22-25 daraja bo‘ladi. Shimoli-g‘arbiy hududlarda bugun eng salqin kun 20-23 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda, yakshanba kuniga borib esa havo harorati 27-30 darajagacha ko‘tariladi. 

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 1-3-may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. 

Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

Toshkentda: bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 28-30 daraja bo‘ladi. 

Shanba va yakshanba kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechalari 13-15 daraja, kunduz kunlari 22-24 daraja bo‘ladi. 

1-2-may kunlari shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi, bugun kunduzi shaharning ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring