Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ushbu haftada harorat 38 darajagacha isib ketishi mumkin

Ushbu haftada harorat 38 darajagacha isib ketishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

Bugun kunduzi respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida beqaror ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 23-26 daraja bo‘ladi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat 27-32 darajagacha ko‘tariladi.

​5-7-may kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

​8-mayda respublikaning ayrim joylarida, janubiy va sharqiy viloyatlardan tashqari, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

​5-8-may kunlari harorat asta-sekin kechalari 17-20 darajagacha, kunduz kunlari 32-35 darajagacha, janubda 38 darajagacha ko‘tariladi.

​6-7-may kunlari shamolda va cho‘l hududlarda, 8 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

​Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 4-5-may va 8-may kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. 4-mayda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

​Toshkent shahrida​ yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 24-26 daraja bo‘ladi, 5-8 mayda asta-sekin 30-35 darajagacha ko‘tariladi.

​Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 8-mayda shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring