Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xaridlarida 7,2 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlandi – Raqobat qo‘mitasi

Davlat xaridlarida 7,2 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlandi – Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan davlat xaridlari sohasida amalga oshirilgan monitoring va kelib tushgan murojaatlarni o‘rganishlar natijasida qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Xususan:

  • Toshkent shahar «Ma’no» MChJ tomonidan o‘tkazilgan 1 ta 988 mln so‘mdan ortiq eng yaxshi takliflarni tanlash savdosida;
  • Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi 125-sonli «Nurli maskan» ta’lim muassasasining 1 ta 1,1 mlrd so‘mdan ortiq;
  • Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani viloyat kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati davlat muassasasining 1 ta 371 mln so‘mdan ortiq;
  • Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi 68-sonli maktab-internati davlat muassasasining 1 ta 226 mln so‘mga yaqin;
  • Sirdaryo viloyati Guliston tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 1 mlrd so‘mdan ortiq;
  • Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatining 364 mln so‘mga yaqin;
  • Andijon viloyati Baliqchi tuman 2-son texnikumi 800 mln so‘m;
  • Farg‘ona viloyati Quva tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 2 ta 2,5 mlrd so‘mdan ortiq.

Qayd etilishicha, eng yaxshi takliflarni tanlash va tanlov (tender) savdolarini o‘rganish natijasida «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.

Yuqoridagilarga muvofiq, Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari maxsus komissiyalari tomonidan qonun talablari buzilishi alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, ayrim holatlarda moliyaviy jarima qo‘llash hamda huquqiy baho berish uchun tegishli organlarga yuborish bilan birga, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring