Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda tadbirkorning gazdan 341 mln so‘mlik qarzi bekor qilindi

Namanganda tadbirkorning gazdan 341 mln so‘mlik qarzi bekor qilindi

Foto: Xabar.uz

Raqobat qo‘mitasiga Namangan shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektidan murojaat kelib tushgan. Unda tadbirkor «Hududgazta’minot» AJ hamda uning «Hududgaz Namangan» filiali tomonidan qariyb 341 mln so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblanganini bildirgan.

Murojaatda tadbirkor mazkur holatni qonunchilik doirasida ko‘rib chiqish va noqonuniy hisoblangan qarzdorlikka huquqiy baho berishni so‘ragan.

Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida tadbirkorlik subyektiga nisbatan hisoblangan qarzdorlik asosli emasligi tasdiqlangan.

Ma’lum qilinishicha, tekshiruv jarayonida gaz ta’minoti bilan bog‘liq hisob-kitoblar, elektron tizim ma’lumotlari hamda qarzdorlikni shakllantirish asoslari tahlil qilingan.

O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, tadbirkor zimmasiga yuklangan qariyb 341 mln so‘mlik qarzdorlik asossiz ekani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng «Hududgazta’minot» AJning maxsus elektron dasturida mazkur qarzdorlikni hisobdan chiqarish ta’minlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring