Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxtda gaz ta’minoti xodimi 21 ming dollar bilan ushlandi

Poytaxtda gaz ta’minoti xodimi 21 ming dollar bilan ushlandi

Videodan kadr

Toshkentda gaz ta’minoti xodimi 21 ming dollar bilan ushlandi. 

Toshkent shahrining Sergeli tumani gaz ta’minoti bo‘limida ishlovchi mas’ul shaxs 21 ming dollar pora olayotganida ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi. 

U tuman hududida joylashgan, hujjatlari noqonuniy bo‘lgan savdo shoxobchasini tanishlari orqali 16 ming dollarga rasmiylashtirib berish hamda ushbu savdo do‘koniga gaz tarmog‘ini ulash uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilib, 5 ming dollar talab qilgan. So‘ngra jami talab qilingan 21 ming dollar pulni murojaatchidan olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga tushgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi to‘rtinchi qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 211-moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring