Issiq, lekin beqaror ob-havo: dam olish kunlari uchun ma’lumot e’lon qilindi
Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati 34-37 daraja atrofida, janubda 39 darajagacha bo‘lgan quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida biroz havo biroz salqinroq bo‘lib, harorat 28-33 daraja atrofida bo‘ladi.
Ertaga 9-may kuni hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat barcha joylarda 28-33 darajagacha pasayadi. 10 mayda O‘zbekiston hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati 20-25 darajadan yuqori bo‘lmaydi.
11-mayda Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, kechasi va ertalab Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 2-3 darajaga ko‘tariladi.
9-mayda shamolda va cho‘l hududlarda, 10-11 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, 9-10 mayda ayrim joylarda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 10-11-mayda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: 8-9-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 8-mayda 34-36 daraja, 9 mayda 30-32 daraja bo‘ladi.
10-mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 20-22 daraja bo‘ladi.
11-mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 23-25 daraja bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, 9 mayda shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter