Bugun O‘zbekistonda quruq va issiq havo kuzatiladi
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi respublika hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, shimoliy va cho‘l hududlarda ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, ba’zan 20–22 m/s gacha yetishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 30-35 daraja bo‘ladi.
Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 32-34 darajani tashkil etadi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqini xavfi saqlanib qolmoqda. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-27 daraja bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter