Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil boshidan beri O‘zbekistonga 4 milliondan ortiq sayyoh keldi

Yil boshidan beri O‘zbekistonga 4 milliondan ortiq sayyoh keldi

Foto: Kun.uz

2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 4 million 48 ming nafardan oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 931 ming nafarga yoki 29,9 foizga ko‘pdir.

Eng katta turistik oqim Qirg‘iz Respublikasidan qayd etildi. To‘rt oy davomida qo‘shni davlatdan 1 million 141 ming nafardan ortiq fuqaro O‘zbekistonga kelgan.

Ikkinchi o‘rinni Tojikiston egallagan bo‘lib, ushbu mamlakatdan 965,4 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan. Qozog‘istondan kelgan turistlar soni esa 935 ming nafardan oshgan. Shu tariqa, umumiy turistik oqimning asosiy qismi Markaziy Osiyo davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Rossiyadan O‘zbekistonga kelgan turistlar soni 341,8 ming nafarni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Afg‘oniston — 161,5 ming va Xitoy — 132,2 ming nafar bilan qayd etilgan.

Turkmanistondan 108,4 ming nafar fuqaro turizm maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Turkiyadan kelganlar soni esa 57,6 ming nafarga yetgan.

Statistikada Hindiston va Koreya Respublikasi ham O‘zbekistonga eng ko‘p turist yuborgan davlatlar qatoridan o‘rin olgan. Hindistondan 16 ming, Koreya Respublikasidan esa 12,1 ming nafar sayyoh kelgani qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring