Jahon banki O‘zbekistonga 250 mln dollar ajratadi
Jahon banki Ijro etuvchi direktorlar kengashi O‘zbekiston uchun 250 million dollar miqdoridagi moliyalashtirish paketini tasdiqladi. Mablag‘lar mamlakatning 16 ta tuman va shahrida munitsipal infratuzilma va xizmatlarni (yo‘llar, suv ta’minoti va oqava suv tizimi, jamoat transporti, maktablar, poliklinikalar hamda istirohat bog‘lari) rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Loyiha «Shaharlarda yashash uchun qulay muhit yaratish va mahsuldorlikni oshirish» (LPCP) dasturi doirasida amalga oshirilib, 2030-yilga qadar 1 millionga yaqin aholining hayot sifati yaxshilanishi kutilmoqda.
Dastur transport, jamoat hududlari, suv ta’minoti, yo‘l va ijtimoiy infratuzilmani qamrab oladi hamda yerlarni tortib olish yoki aholini majburiy ko‘chirishga olib keladigan loyihalarni moliyalashtirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon bankining O‘zbekistonda ta’lim kreditlarini moliyalashtirish tizimini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan EduImkon dasturi uchun 250 mln dollar miqdoridagi kreditni ma’qullagani xabar qilingandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter