Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Migratsiya statistikasi: xorijga ko‘chib ketuvchilar soni oshmoqda

Migratsiya statistikasi: xorijga ko‘chib ketuvchilar soni oshmoqda

2026-yilning yanvar–mart oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar jami 80 159 kishini tashkil etdi. Shundan 79 438 nafar fuqaro mamlakat ichidagi hududlardan, 721 kishi esa xorijiy davlatlardan kelgan.

Shu davrda ko‘chib ketganlar soni 81 715 kishiga yetdi. Ulardan 79 438 nafari respublika ichida boshqa hududlarga ko‘chgan bo‘lsa, 2 277 kishi xorijga ketgan.

So‘nggi yillar dinamikasiga ko‘ra, xorijga ketuvchilar soni 2023-yilda 4 053 nafargacha ko‘tarilgan bo‘lsa, keyingi yillarda pasayib, 2026-yilda 2 277 nafarni tashkil etgan. Shu bilan birga, xorijdan keluvchilar 2026-yilda 721 nafarga yetgan.

Hududlar bo‘yicha tahlillar migratsiyada katta farqlarni ko‘rsatmoqda. Eng ko‘p ko‘chib kelganlar Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, 28 152 nafarni tashkil etgan. Shu bilan birga, ushbu hududdan 20 621 nafar fuqaro ko‘chib ketgan.

Toshkent viloyatida 11 486 nafar kelgan va 8 278 nafar ketgan. Samarqand viloyatida 4 478 nafar kelgan bo‘lsa, 5 779 nafar chiqib ketgan. Qashqadaryoda 4 137 nafar kelgan, ammo 6 598 nafar hududni tark etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 545 nafar kelgan, 4 418 nafar ketgan. Boshqa viloyatlarda ham, jumladan Andijon, Buxoro va Farg‘onada ketuvchilar soni ko‘pchilik holatda keluvchilardan yuqori bo‘lib qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring