Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazorat inspeksiyasi haydovchilarni to‘rt mahsulotdan ogohlantirdi

Nazorat inspeksiyasi haydovchilarni to‘rt mahsulotdan ogohlantirdi

Foto: Nazorat inspeksiyasi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Navoiy viloyat bo‘limi tomonidan viloyatda sotilayotgan Rossiyada ishlab chiqarilgan “Sibrina” hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Energy Red” savdo belgili antifriz mahsulotlaridan nazorat xaridi o‘tkazildi

Shuningdek, inspeksiyaning Toshkent shahar bo‘limi tomonidan poytaxtdagi savdo tarmoqlarida sotilayotgan  “Extended Life Energy Antifreeze (5 kg)” va “SibTrol Antifreeze G-12" mahsulotlari xarid qilinib, ularning sinovdan o‘tkazilishi ta’minlandi. 

Akkreditatsiyalangan laboratoriyada o‘tkazilgan tahlil natijalari ushbu mahsulotlarning texnik reglament talablariga javob bermasligini ko‘rsatdi. 

Tadqiqotlar shuni aniqladiki, sifatsiz antifriz issiqlikni to‘liq o‘tkazmaydi. Bu esa dvigatelning haddan tashqari qizib ketishiga, radiator, nasos, trubkalar hamda dvigatel blokidagi yo‘llarda zang va nosozliklar paydo bo‘lishiga olib keladi. 

Natijada avtomobilning umumiy ishlash muddati keskin qisqaradi va jiddiy texnik zararlar yuzaga keladi. 

Shu sababli, iste’molchilarga antifriz xarid qilishda mahsulotning yorlig‘i, ishlab chiqaruvchi mamlakati, texnik ko‘rsatkichlari hamda sertifikatlanganligiga alohida e’tibor berish qat’iy tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring