Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston hukumati Suriyaga yangi elchisini jo‘natdi

O‘zbekiston hukumati Suriyaga yangi elchisini jo‘natdi

O‘zbekistonning Suriyadagi elchisi (qarorgohi Al-Kuvaytda) Ayubxon Yunusov mamlakat tashqi ishlar vaziri Asad Hasan ash-Shayboniga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

Uchrashuv davomida Suriya vaziri Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratishini alohida ta’kidladi.

So‘nggi paytlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalar faollashgani qayd etildi, siyosiy muloqotni mustahkamlash va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi. Xususan, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston­–Suriya hukumatlararo qo‘mitasini tuzish, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini shakllantirish hamda boshqa qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring