Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda energetika tizimi kuz-qish mavsumiga o‘tdi

O‘zbekistonda energetika tizimi kuz-qish mavsumiga o‘tdi

Energetika vazirligi va tizimga qarashli korxonalarda 24/7 rejimida navbatchilik tashkil etilib, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha ishlar boshlangan.

O‘zbekistondagi energetika tizimi kuz-qish mavsumiga o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, vazirlik va tizimga qarashli korxonalarda 24/7 rejimida navbatchilik tashkil etilib, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha ishlar boshlangan.

Elektr ta’minoti bo‘yicha:

  • 2025 yil yakunigacha 85,5 milliard kvt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan (2024 yilda bu ko‘rsatkich 81,5 milliard kvt/soatni tashkil qilgan);
  • yil boshidan 7 ming km dan ortiq elektr tarmoqlari va 1 731 ta transformator punkti yangilanib, 954 ta mahallada 800 mingdan ortiq xonadonning elektr ta’minoti yaxshilangan;
    qishda iste’mol hajmi kuniga 290–300 million kvt/soatgacha yetishi kutilmoqda (yozda bu ko‘rsatkich 270–275 mln kvt/soat edi);
  • 2025 yil oxiriga qadar 3 000 megavattli quyosh va shamol, 1 167 megavattli issiqlik, 1 500 megavattli energiya saqlash tizimlari ishga tushiriladi.

Gaz ta’minoti bo‘yicha:

  • 538 km gaz tarmoqlari yangilangan, 951 ta gaz taqsimlash punkti modernizatsiya qilingan;
    464 ming tonna suyultirilgan gaz aholiga yetkazilgan, yil yakuniga qadar yana 199 ming tonnaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan;
  • 29 mingdan ortiq qo‘shimcha gaz ballonlari zaxirasi yaratilgan;
  • avariya holatlarining oldini olish uchun maxsus brigadalar tuzilib, kerakli texnika va materiallar bilan ta’minlangan.

“Mavsumda iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilgan holda tizimli ishlar tashkil qilinadi”, – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring