Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga muvofiq quyidagi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi:
- Ravshan Ayubovich G‘ulyamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
- Obid Arziqulovich Hakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari — Iqtisodiy tahqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi.
- Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter