Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga muvofiq quyidagi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi:

  • Ravshan Ayubovich G‘ulyamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
  • Obid Arziqulovich Hakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari — Iqtisodiy tahqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi.
  • Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring