Qalbaki hujjatlar orqali 2 mlrd so‘m QQSni qaytarish sxemasi fosh etildi
Chirchiq shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin iqtisodiyotga oid yirik jinoiy sxemaga chek qo‘yildi.
Ma’lum bo‘lishicha, jinoiy guruh 2025–2026-yillarda qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, go‘yoki 20 mlrd so‘mlik tovar aylanmasi mavjuddek ko‘rsatgan. Shu orqali budjetdan 2 mlrd so‘m QQSni noqonuniy qaytarib olish rejalashtirilgan.
Sxemaga ko‘ra:
— 18,6 mlrd so‘mlik soxta xizmat va tovarlar bo‘yicha 10 ta elektron hisob-faktura tuzilgan;
— soliq idoralaridagi tanishlar orqali QQS qaytarishga urinilgan;
— “xizmat” uchun 340 mln so‘m talab qilingan.
Tezkor tadbir davomida pul mablag‘lari olinayotgan vaqtda 4 nafar shaxs ushlandi. Ular pulni o‘zaro taqsimlab olishni rejalashtirgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari davom etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter