Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi yashirin sexning «siri» ochildi

Qashqadaryodagi yashirin sexning «siri» ochildi

Foto: Prokuratura departamenti.

Qashqadaryo viloyatida yashirin aroq sexidan 1 813 dona qalbaki aksiz marka va boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olindi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbirda o‘tkazilgan.

Unda fuqaro O.N.«Istiqbol» MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil qilib, qo‘lbola usulda alkogol mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan 1 813 dona qalbaki aksiz markalar, 1 064 dona qopqoqlar, 550 dona qopqoq sellofanlari, 484 dona bo‘sh shisha idishlar, 120 litr spirt va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring