Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev Boku shahrida hibsga olindi
Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev Boku shahrida qo‘lga olindi. Bu xabarni Ozarbayjon ichki ishlar vazirligi tasdiqladi.
Xabarga ko‘ra, Iqbol Soliyev Bokudagi «BI ES VIP» estetik klinikasida noqonuniy ravishda bemorlarni qabul qilgan. Uning qabulida juda katta navbatlar va tartibsizliklar yuzaga kelgan, bu esa politsiya aralashuviga sabab bo‘lgan.
Hozirda Ozarbayjon huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Iqbol Soliyev bemorlarni «qo‘l energiyasi» (bioenergiya) yordamida davolashini iddao qilib keladi.
Tabib 2025-yil boshida O‘zbekistonda noqonuniy faoliyati uchun jarimaga tortilgan, 2025-yil 17-dekabrda esa Qo‘qon shahar sudi tomonidan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter