Qurilishda norasmiy sektor ulushi rekord darajada o‘sdi
O‘zbekistonda norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 69,9 trln so‘mga yetdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar—noyabr oylarida O‘zbekistonda norasmiy sektor tomonidan 69,9 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 6,9 % ga oshgan.
Norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari xajmidagi ulushi 25,5 % ni tashkil qildi.
Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar-noyabr):
2021- yil – 18,5 trln so‘m
2022-yil – 20,9 trln so‘m
2023-yil – 25,1 trln so‘m
2024-yil – 61,2 trln so‘m
2025-yil – 69,9 trln so‘m.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter